Milliy terma jamoani tark etgan ikki futbolchi OTJga qo'shildi

Aslanov Jasurbek
7 okt 2019, 17:30
O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralash uchrashuvlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Oldinroq, Vadim Abramov Yaxshiboev, O'runov, Ahmadaliev va Hamrobekovlarning xizmatlaridan foydalanmasligi haqida xabar bergan edik.

MTJ safini tark etgan ikki futbolchi OTJ lageriga qo'shildi. 5 kun davomida milliy terma jamoa bilan shug'ullangan Oston O'runov va Jasur Yaxshiboev endi olimpiya terma jamoasi safida mashg'ulot o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 11 va 14 oktyabr kunlari Janubiy Koreya olimpiya termasiga qarshi safarda o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia