Milliy terma jamoamiz himoyasida endi kim o'ynaydi?

Narzulla Saydullayev
13 noya 2013, 09:18
Yuqorida xabar berib o'tganimizdek kecha mashg'ulotlarda jarohat olgan Vladimir Kozak Toshkentda qolishga majbur bo'ldi.
Shundan chiqib kelib xulosa qiladigan bo'lsak endi terma jamoamiz ixtiyorida besh nafar himoyachi qolmoqda.

Himoyachilar:
Anzur Ismoilov (Changchun Yatai, Xitoy)
Islom To'xtaxo'jaev (Lokomotiv)
Vitaliy Denisov (Lokomotiv Moskva, Rossiya)
Shavkat Mullajonov (Liaoning, Xitoy)
Davron Hoshimov (Paxtakor)

Bu degani MTJ oldida navbatdagi ikki uchrashuvda qiyin vaziyatda qoladi. Endi O'zbekistonning taktikasi va safar o'yinlariga binoan oladigan bo'lsak to'rt himoyachi bilan maydonga tushamiz. Bu vaziyatda hech bir himoyachimizning jarohat olishga yoki qizil kartochka olishga haqqi yo'q. Shuningdek Anzur Ismoilovda sariq kartochkasi borligini eslatib qo'ymoqchimiz, navbatdagi sariq kartochka olinsa keyingi o'yinni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi. Vetnamga qarshi himoya markazida Islom To'xtaxo'jaev va Anzur Ismoilov harakat qilsa, chapda Vitaliy Denisov, o'ngda Shavkat Mullajonov harakat qilishini taxmin qilishimiz mumkin. Davron Hoshimov esa zaxiradan o'yinni kuchaytirishi shart bo'ladi. Terma jamoamizda boshqa chora qolmaydi. Agar terma jamoamiz 3+4+3 yoki 3+5+2 taktikasida harakat qilsa , unda Shavkat Mullajonov va Davron Hoshimovni asrashimiz mumkin. Keyingi Gonkongga qarshi yana bir muhim uchrashuv borligi bois himoyachilarimizda muammo kelib chiqmasligi kerak.

Eslatib o'tamiz, Vetnamga qarshi uchrashuv 15 noyabr kuni 17:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia