

A liganing guruh bosqichi yakunlariga ko'ra, Portugaliya va Xorvatiya (birinchi guruh), Fransiya va Italiya (ikkinchi guruh), Germaniya va Niderlandiya (uchinchi guruh), Ispaniya va Daniya (to'rtinchi guruh) keyingi bosqichga o'tishdi.
Qur'a marosimi 22 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Chorak final bahslari 20-25 mart, qolganlari esa 4-8 iyun kunlari o'tkaziladi.



