Millatlar ligasi. Polshadagi stadionda chiroq o'chib qoldi

Mirjalol Normatov
12 okt 2024, 01:24
Ukraina - Gruziya bahsining birinchi bo'limi qisqa muddatga to'xtab qoldi.

Bahsning 11-daqiqasida stadionda elektr chiroqlarning bir qismi ishlamay, o'chib qoldi. Bosh hakam Yulian Vaynberger uchrashuvni to'xtatishga majbur bo'ldi. Oradan 8 daqiqa o'tib, o'yin davom ettirildi.

Uchrashuvning 35-daqiqasida Mixail Mudrik hisobni ochdi. Bu uning may oyidan buyon urgan ilk goli bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia