Millatlar Ligasi. Angliya Londonda mag'lub bo'ldi, Belgiyada - g'alaba

15 okt 2020, 02:00
UEFA Millatlar Ligasining 4-tur bahslari davom etadi.

Turnirning A ligasi 2-guruhi jamoalari o'rtasidagi uchrashuvlar nihoyasiga etdi. Angliya "Uembli"da Daniya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'ygan bo'lsa, Islandiya maydoniga safar uyushtirgan belgiyaliklar g'alaba bilan ortga qaytishdi. Shu tariqa 4-turga qadar mazkur guruhda yetakchilik qilgan inglizlar 3-o'ringa tushib ketishdi.

Turnir jadvali

Angliya – Daniya 0:1

14 oktyabr, 23.45, Uembli

Gol:

0:1 – 35, penalti Eriksen.

Angliya – Pikford, Djeyms, Uoker, Koudi, Meytlend-Naylz (Mingz, 36), Rays (Xenderson, 76), Fillips, Maunt (Sancho, 73), Maguayr, Keyn, Reshford (Kelvert-Lyuin, 72).

Daniya – Shmeyxel, Vass, Ker, Kristensen (Yorgensen, 46), Xeyberg (Yensen, 88), Dileyni, Eriksen, Skov (Mele, 46), Dolberg (Sisto, 37), Poulsen, Breytueyt (Vestergor, 74).

Ogohlantirishlar:

Maguayr (5), Kristensen (38), Xeyberg (45), Xenderson (85), Fillips (86).

Chetlatish:

Maguayr (31), Djeyms (90).

 

Islandiya – Belgiya 1:2

14 oktyabr, 23.45, Laugardalsvellur

Gollar:

0:1 – 9 Lukaku, 1:1 – 17 Sayvarsson, 1:2 – 38, penalti Lukaku.

Islandiya – Runarsson, Ingason, Eyelfsson, Sayvarsson, Skulason, Byarnason, Siguryonsson (Torsteynsson, 69), Gudmundsson (Sigtorsson, 81), Paulsson (Xermannsson, 82), Magnusson (Traustason, 86), Bedvarsson (Kyartansson, 69).

Belgiya – Minole, Alderveyreld, Denayer, Boyata, Mene, Karrasko, Tilemans, Doku (Kastan, 68), Vitcel, Trossard (Vanaken, 61), Lukaku.

Ogohlantirishlar:

Vitcel (85).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia