Militao "Real"dan ketmoqchi emas

Alisher
26 yanv 2021
Madridning "Real" klubi himoyachisi Eder Militao o'yin amaliyoti kamligiga qaramasdan "qaymoqranglilar" safini tark etmoqchi emas.

Braziliyalik futbolchi tarkib uchun kurashmoqchi va ayni damda "Real"dan kyetish variantini ko'rmayapti.

O'yinchiga bir necha klublar qiziqish bildirmoqda. Oldinroq "Bavariya"ning David Alaba o'rniga Militao bilan shartnoma imzolashga tayyorligi borasida ham xabarlar yangragan edi.

Militao joriy mavsum barcha musobaqalarda 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca