"Milan"ning yo'qolib qolgan futbolchisi topildi

Mirjalol Normatov
21 okt 2023, 00:13
"Norcheping" jamoasi tarkibida ijarada o'ynayotgan "Milan" futbolchisi Emil Robak topildi.

So'nggi 2 hafta mobaynida 20 yoshli shvetsiyalik futbolchi mashg'ulotlarda qatnashmagan va aloqaga ham chiqmagan.

"Uni bugun ko'rdim, barchasi nazorat ostida. Hozircha hech nima deya olmayman", - dedi "Norcheping" klubi sport direktori.

U intervyu davomida barchasi joyida ekanligini, hayotiga hech kim xavf solmayotganini ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal