"Milan"ning short-listi - Yovich, Milik, Sumare va Simakan

Alisher
21 dek 2020, 16:50
"Milan" yanvardagi transferlar oynasida jamoa tarkibini kuchaytirmoqchi.

Jamoa murabbiyi Stefano Pioli skudetto uchun kurashadi va milanliklar rahbariyati tarkibni kuchaytirishga urinib ko'radi.

Hujum chizig'ini kuchaytirish uchun nomzodlar: Luka Yovich ("Real"), Doniell Malen (PSV), Arkadiush Milik va Fernando Lorente (ikkisi ham - "Napoli").

"Strasburg" o'yinchisi Muhammad Simakan - himoyani kuchaytirish uchun bosh maqsad.

Yarim himoyani yangilash uchun variantlar: Bubakari Sumare ("Lill") va Andre-Frank Zambo-Angissa ("Fulxem"). Ushbu o'yinchilar ijaraga olinishi mumkin.

"Milan" "Inter"dan 1 ochko, "Yuventus"dan esa 4 ochko ilgarilagan holda A Seriya jadvalida yetakchilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com