"Milan"ga Alessio Cherchi va Xuan Iturbe kerak

Tolibjon Qosimov
29 may 2014, 15:59
"Torino" va "Portu" yarim himoyachilari Alessio Cherchi va Xuan Iturbe "Milan" jamoasi qiziqishlari doirasiga tushdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, "rossoneri"larning yangi bosh murabbiyi bo'lishi kutilayotgan Filippo Inzagi klubga ushbu futbolchilarni taklif qilishi mumkin.

Murabbiy kelasi mavsumdan boshlab jamoani 4-3-3 sxemasida o'ynatmoqchi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net