Milanliklar "Red Bull Zalcburg" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
"Milan" "Zalcburg" hujumchisi Noa Okafor transferini rasmiylashtirishga juda yaqin turibdi. Ertaga shveytsariyalik forvard "rossoneri" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va tomonlar zarur hujjatlarni imzolashadi.