
23 yoshli futbolchi haligacha elkasidan olgan jarohatidan forig' bo'lmagan. U shuningdek, “rossoneri”larning bugungi mashg'ulotini ham o'tkazib yuborgan.
Eslatib o'tamiz, u Chempionlar Ligasida “Atletiko”ga qarshi (0:1) o'yinda jarohat olgan edi.
Shuningdek, Italiya chempionati 25-tur doirasidagi “Sampdoriya”ga qarshi (2:0) o'yinda ham u ishtirok etmadi.