"Milan" yozda transferlar uchun 100 mln evro ajratishga tayyor

Narzulla Saydullayev
7 apr 2022, 22:48
Italiya klubi yana avvalgi kuchini qayta tiklash niyatida.

"Milan" klubi kelasi yozda transferlar uchun 100 mln evro sarflashga tayyor. Klub bu summaga bir necha futbolchilarni sotib oladi. "Milan"ning dastlabki xaridi katta ehtimol bilan "Lill" himoyachisi Sven Botman bo'ladi. Bu transfer uchun 25-30 mln evro talab qilinadi. "Milan" "Lill"ning yana bir futbolchisi Renatu Sansheshni ham o'z safiga qo'shib olishi kutilmoqda. Hujum chizig'iga esa milanliklar "Sassuolo" futbolchisi Janluka Skamakka nomzodini ilgari surishmoqda. Skamakkaning transferi 40 mln evroga baholanmoqda. Bundan tashqari klub "Liverpul"dan Divok Origini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olish niyatida.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport