

Ma'lumotlarga ko'ra, "Milan"da tibbiy ko'rikdan o'tgan urugvaylik futbolchi rossonerlarning taklifiga rad javobini berdi. "Milan" Kaseres bilan 5 oylik shartnoma tuzib, iyunda vaziyatga baho bermoqchi, 29 yoshli futbolchi esa uzoq muddatli shartnomani istayapti.
Tomonlar muzokaralarni davom ettirishadi, ammo ayni damda Kaseres va "Milan" shartnoma imzolashdan uzoqda.
Kaseres 2016 yilning yozida "Yuventus" bilan shartnomasi yakunlanganidan so'ng erkin agentga aylangan.



