Kaseres faoliyatini "Los-Anjeles"da davom ettiradi

Alisher
20 avg 2022
Urugvay terma jamoasi himoyachisi Martin Kaseres faoliyatini MLSda davom ettiradi.

"Los-Anjeles" 35 yoshli urugvaylik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi.

Kaseres 1 iyuldan erkin agentga aylandi, sababi uning "Levante" bilan shartnomasi yakunlandi.

Kaseres bungacha "Barselona", "Yuventus", "Lacio", "Fiorentina", "Sautgempton" va boshqa klublarda o'ynagan. U klub darajasida barcha musobaqalarda 366ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 15ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: Decontragolpe.uy