"Fiorentina" urugvaylik futbolchining transferini e'lon qildi

31 avg 2019, 00:10
Florenciya klubi urugvaylik himoyachi Martin Kaseres bilan shartnoma tuzganini ma'lum qildi.

Shartnoma tafsilotlariga oydinlik kiritilmagan. Avvalroq, 32 yoshli futbolchi "binafsha ranglilar" safiga erkin agent sifatida o'tishi va 1 yillik shartnoma tuzishi e'lon qilingandi. 

"Fiorentina" – Kaseresning faoliyatidagi to'rtinchi Italiya klubi hisoblanadi. Bunga qadar u "Yuventus", "Verona" va "Lacio" jamoalarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: it.violachannel.tv