"Milan" va Jiru yangi shartnoma masalasida kelishib oldi
Aziz Tukhtamuradov
30 mar 2023, 07:14
"Milan" fransiyalik hujumchi Olive Jiru bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi.
Ma'lum bo'lishicha, tomonlar aprel oyida yangi shartnoma imzolashadi. 36 yoshli hujumchining milanliklar bilan hozirgi shartnomasi shu yil yozgacha amal qiladi.
Yangi kelishuvga ko'ra, Jiruning maoshi 3,8 million evro bo'ladi.