"Milan" va Emirates o'zaro kelishuvni rasman uzaytirishdi

Administrator
15 okt 2025, 23:37
Italiya klubi bu kelishuvdan besh yil ichida 100 mln evro ishlab oladi.

"Milan" titul homiysi Emirates bilan hamkorlikni davom ettirishini e'lon qildi. Tomonlar 2007 yilda boshlangan sheriklik munosabatlarini uzaytirishga kelishib oldilar.

"Emirates ko'p yillar davomida "Milan"ning rivojlanishida yetakchi rol o'ynab, maydonda ham, undan tashqarida ham qiymat yaratishga qodir strategik hamkor sifatida faoliyat ko'rsatmoqda. Bu aloqa ikki mashhur brendga bir-birini mustahkamlash, xalqaro nufuzni oshirish va innovaciyalar, mukammallik hamda global qarashlar bayrog'i ostida muxlislar va madaniyatlarni birlashtiruvchi ko'prikka aylanish imkonini berdi," - deya takidlanadi Italiya klubi rasmiy saytida e'lon qilingan xabarda.

Calciomercato nashrining ma'lumotlariga ko'ra yangi shartnoma "Milan"ga keyingi besh yil ichida taxminan 100 million evro daromad keltirishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://www.acmilan.com/