"Milan" turkiyalik futbolchi uchun 40 mln evro to'lashga tayyor

29 fev 2020, 22:41
"Calciomercato" nashri xabariga ko'ra, "Yuventus" himoyachisi Merix Demiral tez orada klubni tark etadi.

Futbolchiga da'vogarlar orasida "Milan" klubi ham bor. "Rossonerilar" rahbariyati 21 yoshli turkiyalik himoyachi uchun 40 million evrodan voz kechishga tayyor. Demiralning o'zi ham muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida iyul oyidayoq "keksa sinora"ni tark etishni maqsad qilgan.

Shuningdek, "Arsenal" va "Lester" mutasaddilari ham Turkiya terma jamoasi vakili atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda.

Ma'lumot uchun, markaziy himoyachi A Seriyaning joriy mavsumida 5 o'yinda maydonga tushgan va bittadan gol va golli uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato