"Milan" Teo Ernandes bilan besh yillik yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
10 fev 2022, 13:13
"Milan" himoyachi Teo Ernandes bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, italyan klubi yaqin kunlarda 24 yoshli francuz bilan 5 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishilganini e'lon qiladi.

Oldinroq, futbolchiga PSJ qiziqish bildirgandi, ammo o'yinchi jamoasini o'zgartirishga qiziqmadi.

Ernandes "Milan"ga 2019 yilning iyulida "Real"dan o'tgan edi.

Himoyachi 2021/22 yilgi mavsum "Milan" tarkibida 27ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano