"Milan" qiziqish bildirgan futbolchini "Lion" sotib olishga yaqin

Mirjalol Normatov
30 yanv 2022, 12:51
"Brest" yarim himoyachisi Roman Fevr "Lion"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Lion" 23 yoshli futbolchi bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Transfer narxi 15+3 million evroga baholanmoqda. Klub xavbek bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Ertaga futbolchi yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. 

Yozda futbolchining xizmatlariga "Milan", PSJ, "Lids" kabi klublar tomonidan qiziqishlar bo'lgandi.

Ushbu mavsumda francuz chempionatda 21 o'yinda qatnashib, 7 gol va 5 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal