“Milan” Pyontekni sotmaydi

17 may 2019, 09:12
“Rossonerilar” jamoa to'purarini qo'yib yubormoqchi emas.

23 yoshli polshalik hujumchiga ayni damda Yevropaning bir nechta jamoasi qiziqish bildirmoqda. Ammo “Milan” futbolchini sotmoqchi emas. 

Pyontek 2019 yil yanvarida “Jenoa”dan “Milan”ga o'tgandi. U klub bilan 2023 yilgacha shartnoma imzolagan. Futbolchining transferi 40 mln evroga baholanmoqda.

Pyontek joriy mavsum barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuv o'tkazib, 31 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Express