

Bu haqida "La Gazzetta dello Sport" jurnalisti Nikolo Skira xabar berdi. Polsha terma jamoasi a'zosiga "Tottenxem", MYU va Madridning "Atletiko"si qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Italyan klubi ijara shartnomasiga rozi emas, ammo 28-30 million evro evaziga Pyontekni sotib yuborishi mumkin. Eslatib o'tamiz, Kshishtof o'tgan yilning yanvarida "Jenoa"dan 35 million evro evaziga xarid qilingandi.
Ma'lumot uchun, 24 yoshli hujumchi joriy mavsum 19 uchrashuvda maydonga tushib, 5ta gol urgan.



