"Milan" navbatdagi futbolchini Portugaliyadan sotib oldi

Tolibjon Qosimov
12 iyun 2017, 19:12
"Football Italia"ning ma'lum qilishicha, "Milan" klubi "Portu" hujumchisi Andre Silvani 38 million evroga sotib oldi.

Bugun 21 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak va shartnoma imzolanadi. Futbolchining "ajdarlar" bilan shartnomasida badal puli 60 million evro deb ko'rsatilgan bo'lsada, portugaliyaliklar kelishuvga rozi bo'lishdi. Sababi, moliyaviy feyr-pleyni buzmaslik. Yani, "Portu" iyun oxiriga qadar o'yinchi sotish hisobiga byudjetini ko'paytirishi kerak.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia