

"Calciomercato" xabariga ko'ra, "Yuventus" himoyachisi Merix Demiral "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Milan" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. 23 yoshli turkiyalik futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan norozi, shu sababli u ketish haqida o'ylamoqda.
Himoya qo'rg'oni vakili joriy mavsumda A Seriyada 14 uchrashuv o'tkazdi.



