"Milan" "Manchester Siti" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
11 iyun 2022, 10:17
"Manchester Siti" forvardi Gabriel Jezus faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

25 yoshli braziliyalik futbolchiga "Milan" qiziqish bildirmoqda.

Jezus o'tgan mavsum "Manchester Siti" tarkibida barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 11ta assist qayd etdi.

Hujumchining Angliya klubi bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: 90min