"Milan" - Lyakazett uchun navbatdagi da'vogar

Alisher
24 noya 2021, 18:24
Londonning "Arsenal" klubi fransiyalik forvard Aleksandr Lyakazett bilan xayrlashishga yaqin.

"Kanonirlar" bilan shartnomasi yakunlanayotgan hujumchiga ko'plab Yevropaning top-klublari qiziqish bildirishmoqda.

O'yinchi uchun kurashga "Milan" qo'shildi. "Rossonerilar" Aleksandr bilan yozgi transfer oynasida tekinga shartnoma imzolashmoqchi.

Ammo, Milan klubiga futbolchi uchun kurashda yutib chiqish oson bo'lmaydi. Oldinroq, ushbu transferni "Barselona", "Atletiko", "Inter" va "Manchester Siti" klublari amalga oshirishmoqchi ekanligi xabar qilingan edi.

30 yoshli francuz joriy mavsum APL doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato