"Milan" Ibragimovich bilan shartnomani uzaytirishga tayyor

Alisher
23 may 2022, 18:24
Hujumchi Zlatan Ibragimovich "Milan"da yana bir yil qolishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "rossonerilar" iyunda shartnomasi yakunlanadigan 40 yoshli forvard bilan shartnomani uzaytirishga tayyor.

Agar Ibragimovich faoliyatini davom ettirishga qaror qilsa, "Milan" unga 2,5 million evro maoshlik shartnoma taklif qiladi.

Eslatib o'tamiz, Ibragimovich kecha "Milan" tarkibida A Seriyadagi ikkinchi titulini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira