"Milan" Ibragimovich bilan muzokara o'tkazishni istamayapti

Mirjalol Normatov
14 iyun 2020, 15:18
"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich katta ehtimol bilan yozda jamoani tark etadi.

"Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, tomonlar o'rtasida munozara kelib chiqqan. Futbolchi klubda qolishni istamoqda. Lekin milanliklar Ibra bilan muzokara o'tkazmayapti. Shu sababli ushbu mavsum yakunlanganidan keyin futbolchi o'zi egalik qilayotgan "Xammarbyu" tarkibiga qaytishi kutilmoqda.

Ushbu mavsumda Ibragimovich "Milan" tarkibida 10 o'yinda 4 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport