"Milan" hali ham Korreaga qiziqish bildirmoqda

Alisher
31 avg 2020, 13:30
"Rossonerilar" hujum chizig'ini kuchaytirishmoqchi.

"Atletiko" hujumchisi Anxel Korrea yozgi transferlar oynasida klubdan ketishi mumkin. 25 yoshli argentinalik futbolchiga uni o'tgan yozda xarid qila olmagan "Milan" klubi qiziqmoqda.

Xabarlarga ko'ra, transferning ehtimoliy narxi 50 million evroga baholanmoqda.

Korrea yakunlangan mavsum La Liga doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport