“Milan” futbolchisi Rafael Leauda koronavirus aniqlandi

15 sen 2020, 08:05
Bu haqda futbolchining o'zi ma'lum qildi.

“Milan” hujumchisi Rafael Leau koronavirusga chalindi. 21 yoshli futbolchi ayni damda o'z-o'zini yakkalash rejimiga olingan.

Ma'lumot uchun, portugaliyalik futbolchi o'tgan mavsum “Milan” safida jami 33 ta o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/@RafaelLeao