Milan futbolchisi 2-3 haftaga safdan chiqdi

Narzulla Saydullayev
23 avg 2017, 16:41
Milan yarim himoyachisi Jakomo Bonaventura mushaklaridagi muammolar tufayli yaqin orada maydonga tusha olmaydi.

Bonaventura o'tgan hafta jarohat olib Italiya A seriyasi 1-turidan o'rin olgan Krotonega qarshi o'yinda (3:0) qaydnomaga kiritilmadi.

Bonaventurada jarohat bor. Jarohat u qadar jiddiy emas. Jakomo taxminan 2-3 hafta maydonga tusha olmaydi, - deydi klub shifokori Janluka Melegati.

Bonaventura Kalyari va Yevropa ligasi doirasidagi Shkendiyaga qarshi bahslarda maydonga tusha olmaydi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Football-italia.net