"Milan" Yevropa ligasidagi mukofot pullaridan ayrilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
25 okt 2018
"Milan" prezidenti Paolo Skaroni klub moliyaviy feyr-pleyni buzgani uchun qanday jazolanishi mumkinligini aytib berdi.

"Biz qarorni kutyapmiz. UEFA bizni Yevropa ligasidagi mukofot pullarimizdan ayrishi mumkin.

Sudyalar qaror chiqqunicha Yevropa ligasidagi pullarimizni muzlatib qo'yishgan.

Shu sababli bu daromadlarni moliyaviy hisobotlarimizga qo'sha olmaymiz, chunki UEFA qarorini kutyapmiz. 2,5 mln evro muzlatilgan" - deydi Skaroni.

Yozda UEFA "Milan"ni Yevropa ligasidan chetlatgan edi, ammo CAS qarorni bekor qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia