"Milan"ning yangi stadioni qachon tayyor bo'lishi haqida ma'lumot berildi

Aziz Tukhtamuradov
31 mar 2022, 09:55
"Milan" prezidenti Paolo Skaroni "Inter" bilan birga qurilayotgan yangi stadion qachon tayyor bo'lishi haqida gapirdi.

"Biz yangi, zamonaviy stadion barpo etilishi uchun barcha ishni qilamiz. Ushbu ikki klub bunga loyiq. Fikrimcha, loyiha 2027/2028 yillarda yakunlansa kerak. 

Agar stadionimiz bo'lsa, daromadni oshirib, yoshlarga yana ko'proq investiciya kiritishimiz mumkin bo'ladi", - dedi Skaroni. 

Ma'lum bo'lishicha, Italiyada ham byurokratiya bilan bog'liq muammolar etarli va aynan shu sabab stadion qurilishi muddati cho'zilmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football-italia.net