"Milan" 2025 yilgacha yangi stadion qurishi mumkin

Aslanov Jasurbek
13 sen 2021, 21:55
"Milan" prezidenti Paolo Skaroni klubning yangi stadion qurishi to'g'risida gapirdi. Uning so'zlariga ko'ra, maydon 2025 yilgacha tayyor bo'lishi mumkin.

"Biz yangi bosqichdamiz. Yaqin kelajakda mer saylovi e'lon qilinsa ham, kelajakka optimizm ruhida qarayman. Oktyabr hal qiluvchi oy bo'ladi. Shahar kengashi yil so'ngigacha maqullangandan so'ng, dizayn ishlari olti oy davom etadi. Agar hammasi risoladagiday bo'lsa, qurilish 2022 yilda boshlanishi mumkin va 2024–2025 yillarga kelib stadion tayyor bo'ladi, - dedi Skaroni. 

Eslatib o'tamiz, hozirda "Milan" uy uchrashuvlarini "San Siro"da o'tkazadi. Shuningdek, bu maydondan "Inter" ham asosiy maydon sifatida foydalanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia