"Milan" e'tiborini Dovbikka qaratgan

Omonjon To`xtamirzayev
20 iyun 2024, 18:28
"Milan" Artyom Dovbik transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Italiya klubi Joshua Zirkzee uchun kurashdan chiqqan va endi e'tiborini boshqa variantlarga qaratgan. 

Ukrainalik forvard hozirda ro'yxatda yetakchi, deb aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Dovbik 2023/2024 yilgi mavsum 36 o'yinda 24 ta gol urib, Ispaniya chempionati to'purariga aylangandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Ди Марцио