"Milan" ertaga Pioli bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qilishni rejalashtirmoqda

Alisher
25 noya 2021, 17:38
"Milan" tez orada bosh murabbiyi Stefano Pioli bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qiladi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, "rossonerilar" ertaga 56 yoshli mutaxassis bilan yangi shartnoma bo'yicha shartnoma imzolanganini e'lon qilishni rejalashtirmoqda.

Pioli 2019 yilning oktyabridan beri "Milan"ni boshqaradi, uning amaldagi shartnomasi 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq xabar berilganidek, klub murabbiy bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolaydi, uning maoshi yiliga 3,5 mln evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira