"Milan" bugun yangi bosh murabbiy nomini e'lon qiladi

8 okt 2019, 20:50
"Milan" klubi bosh murabbiy va uning shtabini o'zgartirishni mo'ljallamoqda.

"Rossonerilar" rahbariyati Stefano Piolining agentlari bilan yangi shartnoma borasida muhokama o'tkazmoqda. Tomonlar hozircha kelishuv shartlari bo'yicha yakuniy qarorga kelishmagan. Ular 2 yillik yoki uzaytirish huquqi bilan 1 yilga bitim tuzishmoqchi.

Pioli bugun "Milan" bilan shartnoma imzolashi va ertadan boshlab jamoa bilan mashg'ulot o'tkazishi kutilmoqda.   

O'xshash yangiliklar


Manba: gianlucadimarzio.com