"Milan" "Bryugge"dan salkam 40 mlnlik transferni amalga oshirdi

Administrator
6 avg 2025
Yarim himoyachi bilan shartnoma 2030 yilgacha imzolandi.

Ardon Yashari "Milan" safiga qo'shildi. "Milan" klubi "Bryugge" yarim himoyachisining transferini e'lon qildi. Shveytsariya milliy terma jamoasi a'zosi bilan shartnoma 2030 yilgacha tuzildi.

23 yoshli yarim himoyachi yangi jamoasida 30-raqamni tanladi.

"Bryugge" klubiga futbolchi uchun 39 million evro to'lanishi xabar qilingandi.

Yashari o'tgan mavsumda Belgiya chempionatida 35 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.


AdministratorMuallif
Manba: acmilan.com