“Milan” Bigliya bilan muzokaralarni to'xtatib qo'ydi

9 apr 2019, 08:34
Milanliklar futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida kechayotgan muzokaralarni to'xtatdi.

Ma'lum qilinishicha, “Milan” argentinalik futbolchi bilan 2021 yil yozigacha shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib borayotgan edi. Biroq “Milan” futbolchining yoshi (33 yoshda) va maoshini (3,5 mln evro yiliga) hisobga olib, muzokaralarni to'xtatishga qaror qilgan.

Bigliyaning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yil yoziga qadar amalda bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazetta dello Sport