"Milan" futbolchisi bu yil boshqa maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
9 noya 2018, 12:54
"Milan" yarim himoyachisi Lukas Bigliya jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqdi.

32 yoshli argentinalik xavbek o'tgan hafta mashg'ulotda mushagini jiddiy shikastlab oldi.

Bigliya kecha Finlyandiyada operaciya qilindi. U joriy yil boshqa maydonga tushmaydi va jarohatini 4 oy davolaydi.

Lukas Bigliya joriy mavsum A Seriyaning 9ta uchrashuvida ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: acmilan.com