"Milan" "Betis" himoyachisi bilan shartnoma imzolaydi

Sherzod Nurmatov
7 dek 2023, 11:18
Tomonlar bitim shartlarini kelishib oldilar.

"Milan" "Betis" himoyachisi Xuan Mirandaning transferi borasida kelishib oldi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.

Futbolchining "verdiblankos" bilan shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi. U "rossoneri" bilan 2028 yilning iyunigacha mshhljallangan kelishuv tuzadi. Bitim summasi 2 million evroni tashkil qiladi.

Ispaniyalik futbolchi 2020 yildan beri "Betis" safida to'p tepadi. 23 yoshli himoyachi ushbu mavsum 12 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano