“Milan” A Seriyaning qoldirilgan o'yinida g'alaba qozonib, kuchli to'rtlikka ko'tarildi

1 noya 2018, 08:05
Kecha milanliklar A Seriyaning 1-turi doirasida qoldirilgan uchrashuvda “Jenoa”ga qarshi bahs olib bordi.

Jennaro Gattuzo shogirdlari Suso hamda Romanolining gollariga evaziga 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Qizig'i, Romanoli “Jenoa” darvozasidan etishdan tashqari, Donnaruma darvozasiga avtogol urishga ham “erishdi”. Shu tariq uch ochkoni qo'lga kiritgan “Milan” hisobidagi ochkolar soni 18 taga etdi. Ular musobaqa jadvalida to'rtinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

“Milan”-“Jenoa” 2:1

Gollar: 1:0 – 4 Suso, 1:1 – 56, avtogol Romanoli, 2:1 – 90 Romanoli.

Milan – Donnarumma, Musakko, Romanoli, Rodriges, Suso, Kessie, Bakayoko, Laksalt (Abate, 63), Chalxanoglu (Kastilexo, 83), Iguain, Kutrone.

Jenoa – Radu, Biraski, Gyunter, Krishito, Lazovich, Romulo (Velozu, 67), Maccitelli (Omeonga, 78), Bessa, Zukanovich, Kuame, Pentek (Pandev, 85).

Ogohlantirishlar: Krishito (43), Kessie (50), Velozu (80), Rodriges (83).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia