Mikel Arteta “Arsenal”ning Chempionlar ligasida g'alaba qozonish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berdi

Nozimov Nig'monxo'ja
13 dek 2023, 08:15
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi imkoniyatlari haqida gapirdi.

“Biz bu turnirda raqobat qila olishimizni his qildim. Guruhda birinchi o'rinni egallashimiz juda muhim edi va buni bir tur qolganda uddaladik. Biz g'alaba qozonishda davom etishimiz kerak. “Arsenal” fevral oyida yana ishga kirishadi va oxirgacha harakat qiladi”, - deya Arteta so'zlarini keltirgan BBC.

Eslatib o'tamiz, Arteta jamoasi ECHL guruh bosqichida PSV, “Lans” va "Sevilya" kabi klublarga qarshi harakat qildi va guruhni 13 ochko bilan birinchi o'rinda yakunladi.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com