Mikael Sekeyra: "Yig'inga rejalashtirgan pulni klub infrastrukturasidagi kamchiliklarni to'g'rilab olishga sarflay qoling"

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2021, 11:54
Toshkentning "Lokomotiv" klubi kechadan mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshladi.

"O'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish niyatida Superliga klublari qishki va yozgi yig'inlar mobaynida odatda chet elga yoki diyorimizning turli nuqtalariga yo'l olishadi. “Lokomotiv” ham bir necha yil davomida yozgi yig'inlarni diyorimizning so'lim go'shalari-yu, Avstriya, Belarus kabi davlatlarda o'tkazib keldi.

Portugaliyalik mutaxassis kelishi bilan ko'pchilik “Yozgi yig'inni Yevropaning biror nuqtasida o'tkazsak kerak” degan o'yga borgandi. Sekeyra esa aksincha: "Men yig'in uchun albatta manzilni o'zgartirishim shart emas, to'laqonli mashg'ulot uchun sharoit bo'lsa bo'lgani, mana, o'zimizning baza ham bo'laveradi. Yig'inga rejalashtirgan ortiqcha pulni klub infrastrukturasidagi bazi kamchiliklarni to'g'rilab olishga sarflay qoling”, dedi.

Xullas, yozgi o'quv-mashg'ulot yig'inini Toshkentda – o'zimizning “Lokomotiv” bazasida boshladik. Biror murojaatingiz bo'lsa manzilni bilasiz...", - deb yozadi "Lokomotiv" klubi shifokori Abror Pirriev. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia