MFL. Umarali Rahmonaliev debyut qilgan bahsda "Rubin" va "Alaniya" bir ochkodan bo'lishib olishdi

Sherzod Nurmatov
25 mar 2023
Rossiya Milliy Futbol Ligasi 24-turidan o'rin olgan "Alaniya" – "Rubin" uchrashuvi yakuniga etdi.

Unda jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi – 0:0. Qozonliklar safida O'zbekiston U-20 terma jamoasi sardori Umarali Rahmonaliev asosiy tarkibda maydonga tushib, klubda debyut uchrashuvini o'tkazdi.

Mezbonlar tarkibida Husayn Norchaev qaydnomada yo'q edi, chunki u ayni paytda O'zbekiston U-23 terma jamoasi bilan birga Marokashda bo'lib turibdi. "Rubin"dagi yana bir hamyurtimiz Rustam Ashurmatov esa hozir O'zbekiston MTJ bilan Saudiya Arabistonida bo'lgani bois qaydnomaga kiritilmadi.

MFL

24-tur

"Alaniya" – "Rubin" 0:0

Grozniy. "Axmat-Arena" stadioni

"Alaniya"Soldatenko, Kochiev, Bagaev (s), Pliev, Butaev (Dzaxov, 70), Xabalov, Caraev (Giorgobiani, 46), Xosonov, Petrov, Gurciev (Galoyan, 70), Mashukov

"Rubin": Dyupin, Samoshnikov, Gricaenko, Martinovich (s), Teslenko, Kabutov (Popov, 84), Rahmonaliev (Shiryaev, 90+2), Zotov, Gorbunov (Bezrukov, 74), Fameye (Kostyukov, 90+2), Mitkov (Lisakovich, 46)

Ogohlantirishlar: Butaev (5), Kabutov (40)

Endilikda  "Rubin" 45 ochko bilan  2-o'ringa joylashgan bo'lsa, "Alaniya" 41 ochko bilan 4-pog'onani egallab turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia