Meyson Grinvud “Barselona”ga o'tmaydi. Nega?

Khoja
13 mar 2024
Transfer huquqi “Manchester Yunayted”ga tegishli bo'lgan Meyson Grinvud “Barselona”ga o'tmaydigan bo'ldi.

Kataloniyaliklar inglizlar talab qilayotgan 50 million evroni berishga tayyor emas. Shu sababi “Barselona” ushbu transfyerdan voz kechdi.

Meyson Grinvud joriy mavsum “Xetafe” safida barcha musobaqalarda 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 8 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.

22 yoshli futbolchining “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com