Mexikoda FIFAning navbatdagi Kongressi bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
14 may 2016, 15:33
Xalqaro Futbol Associyaciyaalari Federatsiyasi – FIFAning navbatdagi Kongressiga 12-13 may kunlari Meksika poytaxti Mexiko shahri mezbonlik qildi.

Yangi prezident faoliyatidagi ilk Kongress

Hisob bo'yicha 66-marotaba o'tkazilayotgan FIFA Kongressi tashkilotning yangi prezidenti Janni Infantino faoliyatidagi ilk Kongress bo'lganini takidlash joiz. Ayni damda, FIFAga a'zo bo'lgan 209ta federatsiya vakillari ishtirok etgan kongress kun tartibida bir qator muhim masalalalar ko'rib chiqildi. Jumladan, yangi prezident FIFAning 2015 yil yakunlari bo'yicha to'liq hisobotini taqdim etish bilan birga, administrativ boshqaruv bo'yicha islohotlar olib borilishini ma'lum qildi.



Tashkilotga yangi a'zolar qabul qilindi

Avvalroq, FIFA kengashi Kosovo Futbol Federatsiyasi (FFK) hamda Gibraltar Futbol Uyushmasi (GFA)ni tashkilot safiga qabul qilinishini ovoz berish yo'li orqali hal qilish masalasini Kongress kun tartibiga qo'ygan edi. Kongress ko'pchilikning ovozi bilan mazkur federatsiyalarni FIFA tarkibiga qo'shib olish masalasini maqulladi. Shu tariqa, FIFAning a'zolari soni 211taga etdi.

Yangi bosh kotib

FIFA prezidenti Janni Infantino senegallik Fatima Samurani FIFAning yangi bosh kotibi sifatida ommaga tanishtirdi. Shu paytgacha, BMTning rivojlantirish dasturi bo'yicha mas'ul xodimi lavozimida ishlab kelgan Fatima Samura tashkilot tarixidagi ilk ayol bosh kotib bo'ldi. Yangi bosh kotib 2015 yildan buyon makzur lavozimni vaqtinchalik boshqarib kelayotgan Markuss Kattnerning o'rnini egalladi.



Takidlash lozim, mazkur kongressda O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev, O'FF matbuot xizmati boshlig'i Sanjar Rizaev hamda O'FF texnik bo'limi boshlig'i Olim Arifov ishtirok etishdi.

Ma'lumot o'rnida, FIFAning navbatdagi kongressiga 2017 yilning 11-12 may kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahri mezbonlik qiladi. Rossiya poytaxti Moskva shahri esa, JCH-2018 mezboni sifatida 2018 yilning 12-13 iyun kunlari FIFA kongressiga mezbonlik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com