"Metallurg" yanvarda yig'in uchun xorijga chiqmaydi

Tolibjon Qosimov
6 yanv 2023, 18:04
Superliga klublari yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini boshlab yuborishgan.

Yangi yil munosabati bilan bayram tatiliga chiqqan Bekobodning "Metallurg" jamoasi kelayotgan haftaning ilk kunidan navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi. Ikkinchi yig'in ham jamoaning Bekobod shahridagi qarorgohida hamda "Metallurg" stadionida olib borilishi rejalashtirilgan.

Dushanba kuni klub ixtiyoriga ispaniyalik murabbiylar hamda xorijlik legioner futbolchilar kelib qo'shilishi kutilayapti. Luisma Ernandes boshchiligidagi murabbiylar shtabi Ispaniyadan, Yosovich, Stamenkovich hamda Obradovichlar esa Serbiyadan uchib kelishadi.

Ikkinchi yig'in 29 yanvar sanasigacha davom etishi belgilangan. Yig'in davomida futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini maromiga etkazish barobarida sparring raqiblar bilan nazorat uchrashuvlari o'tkazilishi ham ko'zda tutilgan. Jumladan, 19 yanvar kuni Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bilan, 25 yanvarda esa Samarqandning "Dinamo" jamoasi bilan kuch sinashishga kelishib olingan. Mazkur uchrashuvlarning bo'lib o'tadigan vaqti va manzili yaqin kunlar ichida oydinlashadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Abdumajidov “Metallurg”ga qaytdi va klubga yangi legionerlar qo'shildi. Shuningdek, Lobanov, Palich va boshqa futbolchilar bilan shartnomalar uzaytirildi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати