"Metallurg" sardori 293 kundan so'ng yashil maydonga qaytdi

Narzulla Saydullayev
17 avg 2024, 12:16
Bekobodning "Metallurg" klubi yetakchisi va sardori Zabihillo O'rinboev jarohatidan to'liq tuzaldi.

O'rinboev 2023 yil 27 oktyabr kuni Qarshida "Nasaf" bilan o'yin boshida oyog'idan jiddiy jarohat olgan va keyin Turkiyada operaciya stoliga yotishga majbur bo'lgan edi. Uzoq muddatli tiklanish jarayonlaridan keyin 15 avgust kuni "Neftchi"ga qarshi uchrashuvning oxirgi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushdi. "Nasaf" bilan o'yindan keyin oradan 293 kun (9 oy 19 kun) o'tdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia