"Metallurg" o'rtoqlik o'yinida Tojikiston jamoasini yutolmadi

Sherzod Nurmatov
22 mar 2024
"Metallurg" bugun Bekobodda Tojikistonning "Esxata" jamoasiga qarshi xalqaro o'rtoqlik bahsida maydonga tushdi.

Uchrashuvda bir qancha vaziyatlar yuzaga kelganiga qaramay, bekobodliklar xo'jandliklar darvozasiga yo'l topa olishmadi va uchrashuv nursiz durang bilan yakun topdi.

"Metallurg" – "Esxata" 0:0 

"Metallurg" stadioni

Hakamlar: To'rabek Suyunov,  Shohnur Yo'ldoshev,  Oybek Boboev

Nazoratchi: Qahramon Yo'ldoshev

"Metallurg": Rahim Davronov, Abbos Otaxonov, Rizo Yazdando'st, Xudoyshukur Sattorov, Ergash Ismoilov, Mirg'iyos Sulaymonov, Kerim Palich, Hazrat Tursunqulov, Marko Milichkovich, Behruz Abdullaev, Shahzod Ubaydullaev.

Zaxiradan tushganlar: Akmal Ortiqov, Ivan Yosovich, Davron Ergashev, Shahzodbek G'ofurbekov, Abror Toshqo'ziev, Sardor Abduraimov, Iskandar Shaykulov, Shahzod Nematjonov.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати